Anons: 2015- yil 26- fevral soat 14 00 da “Bahor keldi seni sо‘roqlab” mavzusida adabiy-badiiy kecha o’tkaziladi

2015- yil 26- fevral soat 14 00 da О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining О‘quv teatrida bо‘lib о‘tadigan о‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, О‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor keldi seni sо‘roqlab” nomli adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir rejalashtirilgan.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 – yil 31- oktabridagi qaroriga muvofiq Zulfiya tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda, shu bois О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari va talabalari ishtirokida uyushtiriladigan bu adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir “Xotira kechasi” shaklida bо‘lib, Zulfiyaxonimning hayot yо‘li, shoira sifatida shakllanishi, ijodining asosiy qirralari, ichki olami, Zulfiyaxonimning shaxs sifatida, ayol va ona sifatidagi tuyg‘ulari imkon qadar ochib beriladi. Tadbirda rejissyori teatr elementlaridan, kinolavhalardan, shaxsiy arxiv hamda fotohujjatlaridan foydalaniladi, xalqimiz ardog‘idagi ijodkorlar, san’at va adabiyot namoyondalari, Zulfiyaxonimni bilgan safdoshlari, izdoshlar, shogirdlar va ixlosmandlar ishtirok etadilar.

Tadbirning badiiy qismida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodkor professor-о‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Zulfiya va Hamid Olimjon ijodiga mansub she’rlardan kuy va qо‘shiqlar ijro etiladi. Shuningdek talabalar Zulfiya ijodiga mansub va о‘zlari ijod qilgan she’rlarini о‘qib beradilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.